
Fransiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Jahon chempionati–2026 uchun o‘tkazilgan guruh qur’asi bo‘yicha o‘z fikrlarini baham ko‘rdi. “Uch ranglilar” uchun taqdim etilgan jadval bu gal ancha jiddiy va raqobatli ko‘rinishda: Senegal, Norvegiya va qit’alar o‘rtasidagi pley-off g‘olibi (Iroq, Boliviya yoki Surinam) bilan “I” guruhida bellashish rejalashgan.
Murabbiyga ko‘ra, ushbu raqiblar ro‘yxati Fransiyani jiddiy sinov kutanayotganini yaqqol anglatadi. Uning ta’kidlashicha, hali oxirgi raqib aniq bo‘lmaganiga qaramay, Senegal va Norvegiyaning o‘zi guruhni turnirning eng mushkul bo‘limlaridan biriga aylantirmoqda. Desham bu haqda gapirar ekan, Jahon chempionatiga xos voqelik aynan shu — yuqori darajadagi kurash, kүtilmagan natijalar va har bir bellashuvda to‘liq konsentratsiya talab etilishini qayd etdi.
O‘yinlar sanasi tasdiqlangan bo‘lsa-da, Fransiya termasi qayerda maydonga tushishi hali ma’lum emas. Shunga qaramay, jamoa umumiy hudud va logistika haqida ma’lumotga ega, bu esa tayyorgarlik jarayonini bir qadar yengillashtiradi.
Desham janoblari qur’a marosimi haqida ham fikr bildirdi. Uning aytishicha, tadbir haqiqiy Amerika uslubida o‘tgan — keng qamrovli sahna, shou elementlari va har bir mamlakat madaniyatini alohida ko‘rsatib beruvchi detallar bilan boyitilgan. “Biz bu sharoitga moslashamiz, albatta, lekin kim raqib bo‘lishini tushunish uchun biroz vaqt talab etildi”, — deya hazil bilan qayd etdi murabbiy. Shu bilangina emas, u marosimning ancha uzoq davom etganini ham kulumsirab tilga oldi.
Fransiya muxlislari uchun bu guruh albatta qiyin, biroq shunga yarasha qiziqarli. Tarkibi kuchli, tajribali va katta maqsad bilan kelayotgan jamoa yana bir bor o‘z iste’dodi va xarakterini namoyon etish imkoniga ega bo‘ladi. Murabbiyning kayfiyati ham ijobiy — bu esa oldindagi katta sinovlar uchun yaxshi ishora. Muxlislar esa bir narsadan umidvor: Fransiya yangi mundialda yana baland maqsadlar bilan hujumkor o‘yinlarini namoyish etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.