date

Rossiyalik sharhlovchi: «O‘zbekiston uchun juda xursandman, ular sensatsiya qila olishadi»

Rossiyalik sharhlovchi: «O‘zbekiston uchun juda xursandman, ular sensatsiya qila olishadi»

Taniqli teleboshlovchi va sport sharhlovchisi Denis Kazanskiy Jahon chempionati–2026 qur’asi atrofidagi mulohazalarini bildirib, turnir formati va ayrim guruhlar yuzasidan o‘z fikrlarini aytib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, bu galgi qur’ada favqulodda intrigaga boy guruhlar deyarli ko‘rinmayapti. Shu bilan birga, ayrim kvartetlar baribir diqqatni o‘ziga tortmoqda.

"Qiziqarli guruhlar ko‘p emas. Deyarli barchasi bir tekis taqsimlangan. Faqat Marokash, Braziliya va Shotlandiya jamlangan guruhda qandaydir intriga paydo bo‘lishi mumkin. Angliya, Xorvatiya, Gana va Panama joylashgan guruh ham o‘ziga xos", — deya Kazanskiy o‘z fikrini bayon qildi.

Sharhlovchi ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasiga bo‘lgan munosabatini ham yashirmadi. Uning aytishicha, Krishtianu Ronalduga qarshi bahs qiladigan Abbosbek Fayzullayev va butun terma jamoa Mundialda kүtilmagan sensatsiya yaratishi mumkin.

"O‘zbekiston uchun juda xursandman. Abbos Krishtianuga qarshi maydonga tushadi va, menimcha, ular bu musobaqada jiddiy shov-shuv yarata oladi", — dedi Kazanskiy.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika stadionlarida o‘tkaziladi. Ushbu turnir tarixda birinchi marta 48 ta terma jamoani o‘z ichiga oladi. Jamoalar umumiy hisobda 12 ta guruhga bo‘lingan bo‘lib, har bir guruhda 4 tadan ishtirokchi joy olgan.

Hozirga qadar 42 jamoa Mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. Yana 6 ta yo‘llanma esa 2026-yil mart oyining oxirida o‘tkaziladigan pley-off bahslari orqali o‘z egasini topadi.

Jahon chempionatiga bo‘lgan qiziqish kun sayin ortayotgan bir paytda, mutaxassislar fikri, jumladan Kazanskiyning tahlillari ham muxlislar orasida katta muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Musaffo umidlar, yangi sensatsiyalar va O‘zbekiston uchun katta imkoniyatlar Mundial oldidan yanada qizg‘in muhit yaratmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rossiyalik sharhlovchi: «O‘zbekiston uchun juda xursandman, ular sensatsiya qila olishadi»