
Komoning bosh murabbiyi Sesk Fabregas Milanning Inter klubi bilan bogʻliq oʻtgan voqealar haqida fikr bildirdi. "Neradzurrilar" yoz boshida Saudiya Arabistoniga ketgan Simone Indzagini almashtirish uchun yangi murabbiy qidirishgan.
Asosiy nomzod sifatida Fabregas koʻrilgan edi, biroq Komo rahbariyati ispaniyalik mutaxassisni qoʻyib yubormadi. Natijada bu lavozimga Kristian Chivu tayinlandi.
Bu mavzuga Fabregas matbuot anjumanida qisqacha toʻxtaldi: "Hozir buni muhokama qilishning ahamiyati yoʻq va bu haqda gapirishni istamayman. Bu men uchun hissiy jihatdan ogʻriqli mavzu, chunki unda koʻp his-tuygʻular mujassam.
Hozir men Komoda ishlashda davom etyapman va klub uchun borimni beraman," dedi u. Bugun Inter oʻz maydonida A Seriyaning 14-turida Komo bilan bahs olib boradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.