date

Liverpul braziliyalik yarim himoyachini sotib olmoqchi


Atalanta klubi yarim himoyachisi Ederson faoliyatini Angliya Premyer-ligasining top-klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Jurnalistlarning ma'lumotlariga ko'ra, 26 yoshli braziliyalik futbolchini Liverpul jamoasi sotib olishni rejalashtirmoqda. Mersisaydlik klub ushbu transferni yanvar oyidagi transfer oynasida amalga oshirishni ko'zlamoqda.

Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, Edersonning bozor qiymati 45 million yevro deb baholanmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar kuchga ega.

Joriy mavsumda yarim himoyachi 13 o'yinda maydonga tushib, bir gol va bitta samarali pas muallifiga aylangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Liverpul braziliyalik yarim himoyachini sotib olmoqchi