date

Arne Slot Salahni nega tushirmaganini tushuntirdi


“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot Muhammad Salahni zaxirada qoldirgani bo‘yicha savollarga javob berdi. Shanba kuni “qizillar” Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida “Lids”ga qarshi bahsda 3:3 hisobida durang qayd etdi.

Bu o‘yinda “Liverpul” g‘alabani qo‘ldan chiqardi, chunki raqib 96-daqiqada gol urib hisobni tenglashtirdi. Misrlik yulduz o‘yin davomida zaxira o‘rindig‘idan turib voqealarni kuzatdi va maydonga tushmadi.

“Biz 2:0 va keyin 3:2 hisobida oldinda borayotgandik. O‘sha vaqtda bizga o‘yin nazoratini ushlab turish kerak edi, gol urish emas.

Odatda gol kerak bo‘lsa, Muhammadni tushiraman. Masalan, o‘tgan turda “Sanderlend”ga qarshi shunday qilgandim.

Ammo bu safar boshqa turdagi futbolchilar kerak edi, shuning uchun Endoni tushirdim”, – dedi Slot BBC nashriga bergan intervyusida. Muhammad Salah ketma-ket uchinchi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushmadi.

Shuningdek, u ikki uchrashuvda umuman zaxiradan ham maydonga chiqmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arne Slot Salahni nega tushirmaganini tushuntirdi