"Aston Villa" 100 yillik rekordni yangiladi

"Aston Villa" Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumini juda omadli boshlay olmadi. Dastlabki beshta tur davomida jamoa g‘alaba qozona olmadi.
Ammo oltinchi turda "Fulhem" ustidan qozonilgan g‘alaba jamoaga kuch bag‘ishladi va "Aston Villa" keyingi o‘yinlarda yuqori natijalar ko‘rsatdi. Oltinchidan o‘n beshinchi turgacha bo‘lgan o‘yinlarda jamoa to‘qqizta g‘alabani qo‘lga kiritdi, jumladan, shanba kuni Londonning "Arsenal" jamoasini 2:1 hisobiga mag‘lub etdi.
"Aston Villa"ning Angliya Premyer-ligasidagi bunday seriyasi oxirgi bor 1919-yil dekabr oyida kuzatilgan edi. Keyingi o‘yinda "Aston Villa" 14 dekabr, yakshanba kuni Londonning "Vest Hem" klubi bilan kuch sinashadi.































Izohlar 0
…