
Fransiya chempionatining 15-turida "PSJ" oʻz maydonida "Renn" klubini 5:0 hisobida magʻlub etdi. Lequipe nashri jurnalisti Joze Barroso parijliklar darvozaboni Matvey Safonovning ushbu oʻyindagi ishtirokini yuqori baholadi.
"Bu Safonovning "PSJ" safidagi eng yaxshi oʻyinlaridan biri edi. "Renn"ga qarshi oʻyindan soʻng, hammasi oʻzgarishi mumkin: Enrike qarorini oʻzgartirib, Safonov va Shevaleniy toʻgʻridan-toʻgʻri raqobatga qoʻyishi ehtimoldan holi emas", – deya Sport24 jurnalistining soʻzlarini keltirdi.
Eslatib oʻtamiz, "PSJ"ning birinchi raqamli darvozaboni Lyuka Shevale jarohat tufayli kechagi oʻyinda ishtirok eta olmadi. Safonov oʻtgan yil yozida "Krasnodar"dan "PSJ"ga 20 million yevro evaziga transfer qilingan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.