Gana Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yinida uchrashishi mumkin

Gana Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yinida uchrashishi mumkin
Gana terma jamoasi Rossiya milliy terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Gananing Rossiyadagi elchisi Steem Jehu-Appiyah ma’lum qildi.

"Gana terma jamoasi uchun Rossiya bilan o‘yin qiziqarli bo‘lardi. Menimcha, bu mumkin.

Rossiyaning ajoyib jamoasi bor. Masalan, ushbu o‘yinni Spartak stadionida o‘tkazish mumkin edi", – dedi elchi "Sport-Ekspress"ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi FIFA va UEFAning qo‘shma qaroriga ko‘ra xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirilgan. Oxirgi o‘rtoqlik uchrashuvida Valeriy Karpin boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi o‘z maydonida Chili terma jamoasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar