Kivu: Har bir toʻp uchun kurashdik

Italiya chempionatida 14-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. "Inter" jamoasi "Komo" darvozasiga javobsiz toʻrtta gol kiritdi.
Shunga qaramay, Milan klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu oʻz shogirdlarining oʻyiniga nisbatan biroz tanqidiy fikrlar bildirdi. "Bundan ham yaxshiroq oʻyin koʻrsatishimiz mumkin edi.
Birinchi boʻlimda biroz bosim ostida qoldik. Toʻpni vertikal harakatlantirishda dadilroq boʻlishimiz kerak edi.
Shunday boʻlsa-da, uch ochkoni qoʻlga kiritdik. Yigitlar har bir toʻp uchun ishtiyoq bilan kurashishdi, bu menga yoqdi", – deya Kivuning soʻzlarini keltiradi fcinter1908.it.
Seriya A doirasidagi navbatdagi oʻyinda milanliklar 14-dekabr, yakshanba kuni "Jenoa" jamoasiga qarshi bahs olib boradilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing