
Birlashgan Arab Amirliklarining jahon sahnasiga aylangan Dubay shahrida erkaklar o‘rtasidagi boks bo‘yicha Jahon chempionati qizg‘in pallada davom etmoqda.
67 kilogramm vaznda ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Bagama orollari sportchisi Rashiyeld Uilyamsga qarshi bahs olib bordi. Ushbu to‘qnashuv oldindan ham qiziqish o‘yg‘otgandi, chunki Asadxo‘janing jang uslubi, harakat tezligi va texnik tayyorgarligi muxlislar orasida allaqachon e’tirof etilgan.
Kutilayotganidek, ringda ustunlik to‘liq bokschimiz tomonida bo‘ldi — u har bir epizodda tashabbusni o‘z qo‘liga oldi, raqibini qayta-qayta qiyin ahvolda qoldirdi va yakunda hakamlarning bir ovozdan chiqargan qaroriga muvofiq munosib ravishda zafar qozondi.
Bu g‘alaba nafaqat Asadxo‘janing o‘zbek boksidagi o‘rnini yana bir bor mustahkamladi, balki terma jamoamizning umumiy ruhiyatini ham yana ko‘tardi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.