Lautaro Martinesga qarshi 30-klub

Lautaro Martinesga qarshi 30-klub

Lautaro Martinesga qarshi 30-klub
Italiya A Seriyasining 14-turida "Inter" jamoasi "Komo"ni magʻlubiyatga uchratdi va raqib darvozasiga toʻrtta javobsiz gol urdi. Oʻyinning 11-daqiqasida milanliklarning sardori Lautaro Martines hisobni ochdi.

Bu gol Lautaro uchun "Inter" safidagi umumiy hisobda 164-goli boʻldi. Shuningdek, "Komo" argentinalik hujumchi faoliyati davomida A Seriyada gol urgan 30-klub boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, Lautaro Martines 2018-yildan beri "Inter"da oʻynab kelmoqda. Jamoaning keyingi oʻyini 14-dekabr, yakshanba kuni "Jenoa"ga qarshi oʻtkaziladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar