date

Unai Emeri “Arsenal” ustidan g‘alabani baland ruh bilan baholadi

Unai Emeri “Arsenal” ustidan g‘alabani baland ruh bilan baholadi

APLning 15-turida “Aston Villa” o‘z uyida “Arsenal”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, turning eng katta voqealaridan birini amalga oshirdi. Uchrashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri g‘alaba haqida to‘xtalib, o‘yindagi muhimi — jamoaning kayfiyati va munosabati ekanini ta’kidladi.

Emerining aytishicha, “Villa Park”dagi bu g‘alaba jamoaga katta ruhiy ko‘tarinkilik bergan:

«Men juda mamnunman. Haftani aynan shunday kuchli o‘yin va muvaffaqiyat bilan yakunlashni xohlagan edik. Ayrim vaziyatlarda to‘liq ustun bo‘ldik, tezkor hujumlar qildik, zarur paytda keskinlikni oshirdik. “Villa Park” – o‘ziga xos muhitga ega stadion, muxlislar bizga qanot bo‘ladi. Ularning qiyofasi, reaksiyasi – haqiqiy mo‘jiza».

Mutaxassis shuningdek, jamoa barcha turnirlarda barqarorlikni saqlashga harakat qilayotganini aytib o‘tdi:

«Biz har bir bellashuvni alohida va jiddiy qabul qilamiz. Yevropa Ligasida ham yaxshi o‘ynash niyatidamiz, biroq asosiy maqsad – Premer-ligada yuqori o‘rinlar uchun kurash. Bugungi o‘yinda ham ko‘rganingizdek, har bir bahsga to‘g‘ri munosabat va maksimal qayfiyat bilan tushish juda muhim».

Bu g‘alabadan keyin “Aston Villa” ochkolarini 30 taga yetkazib, turnir jadvalida 3-pog‘onaga ko‘tarildi. “Arsenal” esa 33 ochko bilan hali ham peshqadamlikni saqlab turibdi.

Emeri jamoasi bu mavsumda barqaror o‘yini, agressiyasi va o‘yin rejasini aniq bajarishi mumkinligi bilan yana bir bor isbot berdi. Muxlislar esa “Villa”ning yuqori o‘rinlar uchun real da’vogarga aylanganini endi nafasini ushlab kuzatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Unai Emeri “Arsenal” ustidan g‘alabani baland ruh bilan baholadi