Ramos: "Magʻlubiyat bilan xayrlashish achinarli"

Ramos: "Magʻlubiyat bilan xayrlashish achinarli"

Ramos: "Magʻlubiyat bilan xayrlashish achinarli"
Madridning "Real" klubi sobiq yulduzi Serxio Ramos Meksikaning "Monterrey" klubi bilan hamkorlikni yakunlaganini tasdiqladi va jamoa bilan magʻlubiyatdan soʻng xayrlashayotganidan afsusda ekanligini bildirdi. Uning jamoasi "Toluka"ga 2:3 hisobida yutqazdi va chempionlik imkoniyatidan mahrum boʻldi.

Ramos: "Bu mening "Monterrey"dagi soʻnggi oʻyinim edi, bu haqda avval ham aytgan edim. Magʻlubiyat bilan xayrlashayotganimizdan afsusdaman", - deya futbolchining soʻzlarini keltiradi A Bola.

Shunga qaramay, Ramos sobiq klubining rahbariyati va muxlislariga minnatdorchilik bildirib, ularga kelajakda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar