date

Kavazashvili: Shevalye xatolarsiz o‘ynamayapti

Kavazashvili: Shevalye xatolarsiz o‘ynamayapti
Sobiq Sovet Ittifoqi terma jamoasi darvozaboni Anzor Kavazashvili Rossiya posboni Matvey Safonovning PSJdagi istiqbollarini baholadi. Darvozabon may oyidan beri ilk bor maydonga tushib, Renn ustidan 5:0 hisobida qozonilgan g‘alabada o‘z hissasini qo‘shdi.

"Unga keyingi imkoniyat ham beriladi, ayniqsa asosiy darvozabon uzoq muddat jarohat tufayli o‘ynamasa. Shevalye xatolarsiz o‘ynamayapti, Matvey hali o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi", - dedi Kavazashvili "Sovetskiy sport" nashriga.

Ushbu g‘alabadan so‘ng parijliklar 33 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. 15 turdan keyin "Lans" 34 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

"Marsel" va "Lill" esa 29 ochkodan to‘plagan. Bundan avval Kavazashvili Safonovni "quruq o‘yin" bilan tabriklagan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kavazashvili: Shevalye xatolarsiz o‘ynamayapti