Serxio Ramos "Inter"ga o'tishi mumkin

Serxio Ramos "Inter"ga o'tishi mumkin

Serxio Ramos "Inter"ga o'tishi mumkin
Ispaniyaning tajribali himoyachisi Serxio Ramos Meksika chempionatini tark etib, "Monterrey" safidagi soʻnggi oʻyinini oʻtkazdi. Futbolchi Yevropaga qaytish rejasini oshkor qilgan va uning keyingi manzili sifatida Italiya koʻrsatilmoqda.

Maʼlumki, Italiya yillar davomida boshqa yirik Yevropa chempionatlarida oʻyinini tugatayotgan yulduzlar uchun asosiy manzil boʻlib kelmoqda. Milanning "Inter" klubi ishqibozlariga oid fcinter1908.it sayti Fabrizio Romano kabi futbol bozorining yetakchi mutaxassislariga tayanib, Ramosning aynan ushbu klubga qoʻshilishi ehtimoli haqida xabar berdi.

Avvalroq "Inter" Ramosga qiziqish bildirgani ham maʼlum. Eslatib oʻtamiz, Serxio Ramos avvalroq Madridning "Real" va "Sevilya" klublarida oʻynagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar