date

Dalot: "Manchester Yunayted" uchun gʻalabaga chanqoq boʻlishimiz kerak

Dalot: "Manchester Yunayted" uchun gʻalabaga chanqoq boʻlishimiz kerak
Dushanba kuni "Manchester Yunayted" Premer-ligada safarda "Vulverhempton"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi. Klub himoyachisi Diogu Dalot jamoadoshlarini oʻzlariga kelishga va masʼuliyatni his qilishga chaqirdi.

"Baʼzan gap faqat futbol mahoratida emas. Bu mavsumda biz kuchli jamoa boʻlishimizni koʻrsatdik, lekin oʻzimizga eʼtibor qaratishimiz kerak.

Bu ichki hissiyotlardan kelib chiqishi lozim. Gʻalaba qozonish uchun har kuni kerak boʻladigan gʻazab va ichki hayajon boʻlishi shart.

Biz ushbu klub, gʻalabalar va sovrinlar uchun oʻyinga yanada koʻproq chanqoq boʻlishimiz kerak. Vaqt kerakligini aytmayman.

Biz zudlik bilan gʻalaba qozonishimiz kerak – buning uchun bizning buyuk klubimiz talab qiladi", - deydi Dalot Goal nashriga bergan intervyusida. Hozirda "Manchester Yunayted" Premer-liga turnir jadvalida 12-oʻrinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dalot: "Manchester Yunayted" uchun gʻalabaga chanqoq boʻlishimiz kerak