
"Kristal Pelas" yakshanba kuni mehmon boʻlib "Fulxem"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi. Ammo "burgutlar" tarkibida oʻng qanot yarim himoyachisi Daniel Munyos boʻlmaydi.
Oʻyin oldidan "Pelas" bosh murabbiyi Oliver Glasner bu borada izoh berdi. "Uning tizzasida muammo bor.
Unga dam kerak, shuning uchun u oʻynamaydi. Biz xavfga bormaymiz.
Umid qilamizki, u "Manchester Siti"ga qarshi oʻyinga qadar tiklanib ulguradi", - dedi Glasner Sky Sportsga bergan intervyusida. Oʻtgan turda "Byornli"ga qarshi oʻyinda aynan Munyosning goli "Kristal Pelas"ga 1:0 hisobida gʻalaba keltirgandi.
"Manchester Siti"ga qarshi oʻyin bir hafta oʻtib, 14-dekabr kuni boʻlib oʻtadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.