date

Barselona 36 o'yindan beri gol urmoqda


Kataloniyaning "Barselona" klubi Ispaniya chempionatining navbatdagi turida "Betis" ustidan yirik hisobda gʻalaba qozondi va raqib darvozasiga kamida besh marta gol urdi. Bu "Barselona" uchun ketma-ket 36-oʻyinda gol urish bilan yodda qoldi.

Soʻnggi marta kataloniyaliklar 2024-yil 15-dekabr kuni "Leganes"ga qarshi oʻyinda gol ura olmagan edi. Oʻsha uchrashuvda "Barselona" 0:1 hisobida magʻlub boʻlgandi.

Oʻshandan beri jamoa har bir oʻyinda kamida bitta gol urib kelmoqda. Endilikda "Barselona"ga klub rekordini takrorlash uchun yana bitta oʻyin qoldi.

Ushbu rekord 2018-yil fevralidan 2019-yil fevraligacha boʻlgan davrda Ernesto Valverde boshchiligida oʻrnatilgan boʻlib, oʻshanda jamoa ketma-ket 37 oʻyinda gol urgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona 36 o'yindan beri gol urmoqda