
15-tur doirasida Liga 1 musobaqasida "Oser" va "Mets" jamoalari oʻzaro toʻqnash kelishdi. Bu oʻyin ikkala jamoa uchun ham turnir jadvalining soʻnggi oʻrnidan chiqib ketish uchun muhim ahamiyatga ega edi.
Uchrashuvning 36-daqiqasida "Mets" jamoasi futbolchisi Sadibu Sane qoʻli bilan oʻynagani uchun jamoasi darvozasiga penalti belgilandi. "Oser" futbolchisi Lassin Sinayoko zarbani aniq amalga oshirib, hisobni ochdi – 1:0.
Oradan uch daqiqa oʻtib, Usama El-Azzuzi hisobni ikki baravar oshirdi. Birinchi boʻlim yakunida "Mets" futbolchisi Gotye En jarima zarbasidan toʻpni darvozaga yoʻllab, hisobni qisqartirdi – 2:1.
Ikkinchi boʻlimda "Mets" hujumchisi Xabib Diallo oʻz jamoasi uchun yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. Oʻyinning 89-daqiqasida esa Kevin Danua uzoq masofadan kuchli zarba yoʻllab, uchinchi golni kiritdi va natijani 3:1 koʻrinishiga keltirdi.
Mazkur gʻalaba "Oser" jamoasini turnir jadvalida soʻnggi oʻrindan olib chiqib, "Mets"ni eng quyi pogʻonaga tushirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.