date

"Liverpul"da Saloh va Slot mojarosi...

"Liverpul"da Saloh va Slot mojarosi...

Yaqinda "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh klub va bosh murabbiy Arne Slotdan noroziligini ochiq bildirdi. Misrlik futbolchi "Lids"ga qarshi o‘yindan so‘ng (3:3 hisobi bilan yakunlangan) shov-shuvli intervyu berdi.

Ushbu bahsda "qizillar" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani boy berishdi, Saloh esa butun o‘yinni zahiradan kuzatdi. Jurnalist Aleks Krukning ma’lumotiga ko‘ra, "Liverpul" rahbariyati bu masalada niderlandiyalik murabbiyni to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda.

Saloh esa jazo olish arafasida: u jamoa bilan birga Chempionlar ligasidagi "Inter"ga qarshi uchrashuvga bormasligi va Angliya Premer-ligasida "Brayton"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligi mumkin. Ehtimol, qishki transfer oynasi davomida Muhammad Salohning "Liverpul"dan ketishi haqida ko‘plab muhokamalar bo‘ladi.

Biroq hozircha yulduz futbolchining kelajagi borasida aniq bir qaror qabul qilingani yo‘q.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Liverpul"da Saloh va Slot mojarosi...