
Fransiyalik darvozabon Mayk Menyan "Milan" bilan yangi shartnoma shartlarini kelishishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Futbolchi klubdan yiliga 8 million yevro maosh talab qilmoqda, biroq "Milan" unga faqat 5 million yevro taklif qilmoqda.
Bu haqda italiyalik jurnalist Klaudio Raymondi xabar berdi. Uning so'zlariga ko'ra, "Milan" allaqachon Menyanning o'rnini bosuvchi darvozabonni izlashga kirishgan.
Ayni damda Menyan Yevropaning eng nufuzli va boy klublaridan takliflar olishi kutilmoqda. Eslatib o'tamiz, Mayk Menyan 2021-yildan beri "Milan" safida o'ynab keladi.
U klubga qo'shilgan ilk mavsumidayoq "Skudetto"ni qo'lga kiritishga yordam bergan. Unga qadar esa Menyan Fransiyaning "Lill" klubida to'p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.