
Italiyaning "Fiorentina" klubi uchun ushbu mavsum muvaffaqiyatsiz kechmoqda. Jamoa hali ham Italiya chempionatida birorta ham gʻalaba qozona olmadi va hozirgacha toʻplagan 6 ochkosi faqat olti durang oʻyin natijasi hisobiga yigʻilgan.
Derbyderbyderby.it xabariga koʻra, endilikda "Fiorentina" futbolchilari hayotiga tahdid qiluvchi xabarlar olishni boshlashdi. Xususan, bunday xabarlar klub himoyachisi Dodoʻning turmush oʻrtogʻining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga yuborilgan.
Himoyachi ushbu tahdidlarning skrinshotlarini ham eʼlon qilgan. Eslatib oʻtamiz, "Fiorentina" hozirda Italiya chempionati turnir jadvalining eng soʻnggi pogʻonasida joylashgan.
Keyingi turda ular turnir jadvalining quyi qismida joylashgan "Verona" jamoasi bilan oʻyin oʻtkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.