"Bizning Qo‘mondon": De Laurentiis Konteni ko‘klarga ko‘tardi


Italiya chempionati 14-turi markaziy uchrashuvida "Napoli" Turinning "Yuventus" jamoasini magʻlub etib, klub prezidenti Aurelio de Laurentiisni xursand qildi. U bosh murabbiy Antonio Konteni "qoʻmondon" deb atab, uning futbolchilarini "askarlari" sifatida olqishladi.
"Qanday ajoyib oqshom! Qanday jamoa!
Qanday muxlislar! Va bularning barchasining boshida bizning Qoʻmondon turibdi.
Forza Napoli!" – deya de Laurentiisning soʻzlarini calcionapoli1926.it sayti keltiradi. Keyingi turda "Napoli" "Udineze"ga qarshi maydonga tushadi.
Hozircha esa "qoʻmondon Konte"ning jamoasi turnir jadvalidagi yetakchilikni qayta qoʻlga kiritdi.






























Izohlar 0
…