
OAVda Muxammad Salahning “Liverpul” tarkibidan Chempionlar ligasidagi “Inter”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligi haqida maʼlumot paydo bo‘ldi. Biroq, 33 yoshli misrlik futbolchi dushanba kuni jamoaning mashg‘ulotlarida qatnashgani xabar qilindi.
Sky Sports nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Salahning kelgusi taqdiri borasida yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Ammo manba Salahning jamoa bilan birga Italiyaga yo‘l olishi dargumon ekanini ta’kidlaydi.
Shu hafta oxirida Muxammad Salah bir qator keskin bayonotlar bergan edi. Misrlik futbolchi jamoaning asosiy tarkibiga qo‘shilmayotganidan norozi ekanligini ochiqchasiga bildirgan.
U joriy mavsumning qishki transfer oynasidayoq “Liverpul”ni tark etishi mumkinligini istisno qilmadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.