
Yaqinda "Liverpul" qanot hujumchisi Muhammad Saloh jamoadagi holati haqida keskin fikr bildirdi. U ketma-ket uch uchrashuvda zaxirada qolganidan soʻng, jamoa uni barcha muammolarda ayblayotganini taʼkidladi.
The Athletic xabariga koʻra, "qizillar" rahbariyati Salohning bu fikrlariga qaramasdan, uni tarkibda saqlab qolmoqchi. Klub yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida Salohga oʻrinbosar izlashni rejalashtirmayapti.
Muhammad Saloh 2017-yildan beri "Liverpul" sharafini himoya qilib keladi. U ingliz jamoasi safida 420 ta oʻyinda maydonga tushib, 250 ta gol urgan va 115 ta samarali uzatmani amalga oshirgan.
Uning mersisaydliklar bilan shartnomasi 2027-yil yozigacha moʻljallangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.