Latsio va Bolonya durang o‘ynadi

Latsio va Bolonya durang o‘ynadi
A Seriyaning 14-turida "Latsio" o‘z maydonida "Bolonya"ni qabul qildi. Uchrashuvda birinchi xavfli vaziyatni Yens Odgor yaratdi, ammo "Latsio" darvozaboni uning zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Tez orada mezbonlarning hujumi natijasida Matia Dzakkanining zarbasini darvozabon bartaraf eta olmadi va Gustav Isaksen hisobni ochdi – 1:0. Shundan so‘ng, Nadir Dzorteaning zarbasi darvoza ustuniga tegdi, ammo Yens Odgor hisobni tenglashtirdi – 1:1.

79-daqiqada "Latsio" futbolchisi Mario Xila hakamga nisbatan norozilik bildirib, ketma-ket ikkita sariq kartochka oldi va maydondan chetlatildi. Mazkur durangdan so‘ng, "Latsio" A Seriyada 10-o‘rinni egallab turibdi, "Bolonya" esa 5-o‘rinda joylashgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar