
A Seriyaning 14-turidagi soʻnggi oʻyin – "Torino" va "Milan" oʻrtasidagi bahs tomoshabinlar uchun haqiqiy intriga bilan oʻtdi. Oʻyin boshlanishidan 10-daqiqada Nikola Vlashich penalti orqali toʻpni darvozaning oʻng burchagiga joyladi.
Darvozabon zarbani sezgan boʻlsa-da, toʻpni qaytara olmadi – 1:0. Oradan koʻp oʻtmay, Vlashich markazdan jarima maydoni tomon harakatlanib, oʻng tomonga uzatma berdi.
Bu uzatmadan Duvan Sapata darvozaga aniq zarba yoʻllab, hisobni 2:0 koʻrinishiga olib keldi. 24-daqiqada esa Adrien Rabyo uzoq masofadan darvozaning oʻng yuqori burchagiga zarba berdi – 2:1.
Ikkinchi boʻlimda "Torino" darvozaboni Davide Bartezagining boshi bilan yoʻllagan zarbasini va Samuele Richining qayta zarbasini qaytarishga muvaffaq boʻldi. Javoban Markus Pedersen oʻng qanotdan jarima maydoniga kirib, uzoq burchakka zarba berdi, ammo toʻp ustundan biroz chetdan oʻtdi.
67-daqiqada Aleksis Salemakers chap qanotdan uzatma berdi va Kristian Pulishich texnik mahorat bilan toʻpni darvozaning chap tomoniga yoʻlladi – 2:2. Oradan 11 daqiqa oʻtib, Samuele Richi oʻng qanotdan jarima maydoniga uzatma amalga oshirdi.
Himoya toʻpni qaytara olmay qoldi va Pulishich yana darvozaga aniq zarba berib, hisobni 2:3 koʻrinishiga keltirdi. Ushbu gʻalaba "Milan"ga 31 ochko bilan "Napoli" bilan birgalikda peshqadamlikni taʼminladi.
"Torino" esa 14 ochko bilan 13-oʻrinni boʻlishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.