Real Madrid Kloppka taklif bilan chiqdi

Real Madrid jamoasi oʻz maydonida Seltadan 0:2 hisobida magʻlub boʻldi. Bu natija Xabi Alonso ustidagi bosimni kuchaytirdi.
Mish-mishlarga koʻra, Madrid klubi yaqin kunlarda bosh murabbiy oʻzgarishiga borishi mumkin. Shu bilan birga, indykaila News manbasi "portlovchi yangilik"ni eʼlon qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, Real allaqachon Yurgen Kloppga taklif bergan. Ammo Kloppning Madrid jamoasida ishlashga rozi boʻlish ehtimoli juda past deb baholanmoqda.
Nemis mutaxassisi 2025-yil boshidan Red Bull futbol tizimida faoliyatini davom ettirmoqda. U 2023/2024-yilgi mavsum yakunida Liverpool bosh murabbiyligidan isteʼfoga chiqib, jamoada deyarli toʻqqiz yil ishlagan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing