date

Slot Saloh tanqidini qabul qildi, lekin obro‘siga dog‘ tushmaganini aytdi

Slot Saloh tanqidini qabul qildi, lekin obro‘siga dog‘ tushmaganini aytdi

«Liverpul» atrofida so‘nggi kunlarda avj olgan muhokamalar yana davom etmoqda. Jamoa yulduzi Muhammad Salohning ketma-ket uch bellashuvda asosiy tarkibdan chetda qoldirilgani va shundan so‘ng klub haqida tanqidiy fikr bildirgani, tabiiyki, katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Misrlik hujumchi: «Men APL chempioni bo‘ldim, bu avlodda eng ko‘p gol uryapman. Nima uchun bu vaziyat shunday yakunlanishi kerak?» degan iborasi bilan jamoatchilikni yanada qiziqtirdi.

Bugun esa Saloh Chempionlar ligasining 6-turida «Inter»ga qarshi o‘yin uchun qaydnoma ro‘yxatiga ham kiritilmagani ma’lum bo‘ldi. Bu hol, albatta, uning atrofidagi savollarni yanada ko‘paytirdi.

Biroq jamoa bosh murabbiyi Arne Slot vaziyatni boshqa rakursda baholadi. Uning ta’kidlashicha, Salohning tanqidlari uning shaxsiy obro‘siga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmagan va ko‘rsatmaydi.

«Men albatta tinch, muloyim insonman, lekin bu zaifman degani emas. Agar futbolchi ochiq tanqid bildirsa, klub va men bu holatga munosabat bildirishimiz shart. Biz qanday qadam qo‘yganimizni o‘zingiz ko‘rib turibsiz — u bu o‘yinda ishtirok etmayapti.

Men obro‘yimga putur yetdi, deb o‘ylamayman. Rosti, bunday hissiyot yo‘q», — dedi Slot matbuot anjumanida.

Murabbiyning bu bayonotidan anglashiladiki, klub ichki intizom va umumiy strategiyadan orqaga qaytmasdan, vaziyatni ichki tartib asosida hal etmoqda. Slot shaxsan o‘z nufuziga shubha qilmaydi, aksincha, jamoadagi barqarorlikni birinchi o‘ringa qo‘yadi.

Saloh esa bu jarayonda qanday qaror qabul qilishi, klub bilan munosabatlari qanday yo‘nalish olishi — bugungi kunning eng katta intrigasidir. Muxlislar esa bu vaziyatning qanday yechim topishini hayajon bilan kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slot Saloh tanqidini qabul qildi, lekin obro‘siga dog‘ tushmaganini aytdi