«Jenoa» ikki yil ichida ilk bor ketma-ket gʻalaba qozondi

«Jenoa» ikki yil ichida ilk bor ketma-ket gʻalaba qozondi
Italiya A Seriyasining oʻn toʻrtinchi turidan oʻrin olgan soʻnggi oʻyinlarda «Jenoa» safarda «Udineze»ga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Bu natija «Jenoa» uchun ketma-ket ikkinchi gʻalaba boʻldi.

Oldingi turda ham genuyaliklar «Verona»ni xuddi shu hisobda, yaʼni 2:1 bilan magʻlubiyatga uchratgandi. Faqat oʻsha oʻyin oʻz uylarida boʻlib oʻtgan edi.

Maʼlum boʻlishicha, «Jenoa» A Seriyada ketma-ket ikki oʻyinda gʻalaba qozonishiga deyarli ikki yil boʻlgan. Oxirgi bor bu holat 2024-yil yanvar oyida roʻy bergan edi.

Oʻshanda «Salernitana» va «Lechche» jamoalari «Jenoa»dan magʻlubiyatga uchragan, genuyaliklarni esa Alberto Jilardino boshqarayotgan edi. Navbatdagi turda «Jenoa» oʻz uyida «Inter»ni qabul qiladi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar