
Argentinalik hujumchi Paulo Dibala "Roma" klubida qolishni istayotganini ma'lum qildi. Avvalroq uning klubni tark etmoqchi ekani va jamoa ham u bilan shartnomani uzaytirmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Hozirda 32 yoshli Dibalaning "Roma" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. La Repubblica nashrining xabariga ko'ra, futbolchi uning ketishi haqidagi mish-mishlardan hayron qolgan.
Klub rahbariyati esa hali Dibala bo'yicha o'z qarorini qabul qilgani yo'q. "Roma" tarkibni yoshartirish siyosatini tanlagan, biroq bu argentinalik futbolchidan voz kechishni anglatmaydi.
Shunga qaramay, agar shartnoma uzaytirilsa, Dibala yillik maoshining hozirgi 8,5 million yevrodan sezilarli darajada kamayishiga rozi bo'lishi kerak bo'ladi. 2025/2026 yilgi mavsumda Dibala 12 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.