
2022-yilda yarim himoyachi Vitinya Portugaliyaning "Portu" klubini tark etib, Fransiyaning "PSJ" jamoasiga o‘tdi. Ammo uning faoliyatidagi burilish faqat ispaniyalik mutaxassis Luis Enrike "PSJ" bosh murabbiyi bo‘lgandan keyin yuz berdi.
Vitinya Luis Enrikening mehnati uchun unga juda minnatdor ekanligini ta'kidladi. "Luis Enrike men uchun hal qiluvchi omil bo‘ldi.
U mening o‘sishimga katta yordam berdi. Ba'zan u haddan tashqari talabchan, ammo bu menga yoqadi, chunki faqat shu yo‘l bilan rivojlanish mumkin.
Shuningdek, u insoniy jihatdan ham o‘zgacha murabbiy bo‘lib, bu juda muhim," - dedi Vitinya derbyderbyderby.it saytiga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, "PSJ" Yevropa Chempionlar Ligasi amaldagi g‘olibi hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.