
Italiyalik hujumchi Mario Balotelli intervyusida unga qarshi o‘ynash eng qiyin bo‘lgan himoyachilarni sanab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, braziliyalik Tyago Silva va ispan Serxio Ramos unga eng ko‘p qiyinchilik tug‘dirgan.
Hozirda Tyago Silva Braziliyaning "Fluminense" klubida to‘p surmoqda, Serxio Ramos esa yaqinda Meksikaning "Monterrey" klubini tark etdi. "Avvalo, shuni aytishim kerakki, asosiy muammo o‘zimda edi.
Agar mening jismoniy va ruhiy holatim yaxshi bo‘lsa, men uchun o‘tib bo‘lmas himoyachilar yo‘q edi. Shunga qaramay, Tyago Silva va Serxio Ramosni alohida ta’kidlashim mumkin.
Ular barcha jihatlarga ega edi", – dedi Mario Balotelli pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. Hozirda Mario Balotelli professional shartnomaga ega emas va Italiyaning Breysha shahridagi mahalliy jamoalardan birida shug‘ullanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.