date

Tyaqo Silva "Milan"ga qaytishi mumkin

Tyaqo Silva "Milan"ga qaytishi mumkin
Braziliyalik jurnalist Chichero Mello Tyaqo Silvaning Italiyaning "Milan" klubiga qaytishi haqida ma’lumot berdi. Uning so‘zlarini ESPN Brasil keltirgan.

"Bu haqiqiy qiziqish. "Milan" Tyaqoning tajribasiga muhtoj, uning klubga qaytishi oilaviy sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Uning oilasi Londonda yashaydi, o‘g‘li ilk professional shartnomasini imzoladi. Braziliyadan uchib borish uzoq masofa, lekin Italiyadan bunday emas", — dedi Mello.

Ma’lumot uchun, Tyaqo Silva 2009–2012 yillar oralig‘ida "Milan" sharafini himoya qilgan. Hozirda u Braziliyaning "Fluminense" klubida faoliyat yuritmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tyaqo Silva "Milan"ga qaytishi mumkin