date

Yosh futbolchi Diomande yevropa grandlari diqqat markazida

Yosh futbolchi Diomande yevropa grandlari diqqat markazida
19 yoshli "RB Leyptsig" klubi vingeri Yan Diomande Yevropaning eng kuchli klublari e'tiborini tortdi. Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko‘ra, "Liverpul" va "Manchester Siti" futbolchining o‘sishini yaqindan kuzatmoqda.

Shuningdek, "Arsenal", "Chelsi", "Bavariya", "PSJ", "Barselona" va Madridning "Real" klublari ham Diomandega qiziqish bildirmoqda. O‘tgan haftada Diomande "Ayntraxt" darvozasiga xet-trik qayd etdi.

Germaniya chempionatining 13-turida "RB Leyptsig" 6:0 hisobida g‘alaba qozondi va Diomande Bundesligada 1965 yildan buyon eng yosh xet-trik muallifi bo‘ldi. Ushbu mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 15 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Transfermarkt mutaxassislari kot-d'ivuar futbolchisining narxini 20 million yevro deb baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yosh futbolchi Diomande yevropa grandlari diqqat markazida