date

Jek Grilish Evertonda qolishni istamoqda

Jek Grilish Evertonda qolishni istamoqda
Everton jamoasining qanot hujumchisi Jek Grilish klubda qolishni istamoqda. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Manbalarga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi Evertondagi hayotidan rohatlanmoqda va Devid Moyes boshchiligidagi jamoada o‘ynashni davom ettirish niyatida. Everton Grilishni Manchester Siti klubidan to‘liq transfer qilish imkoniyatiga ega.

Ammo bu transfer Liverpul klubiga 57 million yevroga tushishi mumkin. Everton esa ushbu summani 34 million yevroga tushirishga umid qilmoqda.

O‘tgan yozda Everton Grilishni Manchester Sitidan ijaraga olgan edi. Hujumchi shu kungacha barcha turnirlarda 16 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jek Grilish Evertonda qolishni istamoqda