date

Saudiya klublari Salohni qabul qilishga tayyor

Saudiya klublari Salohni qabul qilishga tayyor
Saudiya Arabistonida "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohning mahalliy klublardan biriga o‘tishi iliq kutib olinadi. Biroq transfer borasidagi muzokaralarni "Liverpul" va futbolchi bilan bevosita klublar o‘tkazishi kerak.

Saudiya Pro-ligasi bosh direktori Umar Mugarbelning so‘zlariga ko‘ra, liga bu jarayonga aralashmaydi. Avvalroq Salohga beshta saudiya klubi, jumladan Krishtianu Ronaldu faoliyat olib borayotgan "Al-Nasr" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, Saloh "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot bilan kelishmovchilikka uchragani va "Inter"ga qarshi Chempionlar Ligasi uchrashuvi uchun qaydnomadan chiqarilgani ma’lum qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Saudiya klublari Salohni qabul qilishga tayyor