date

Valverde PSJ bilan durang o‘yin haqida fikr bildirdi


Bilbao "Atletik" bosh murabbiyi Ernesto Valverde UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining oltinchi turida Fransiyaning "PSJ" jamoasiga qarshi kechgan durang o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bellashuv 0:0 hisobida yakunlandi.

"Juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Bizga amaldagi chempion jamoa raqiblik qildi.

Ularni bosim ostida qoldirishga harakat qildik, ammo ular pressingdan chiqib ketganda xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Ikkinchi bo‘lim boshida o‘yinimiz biroz qiyinlashdi, keyinchalik esa yaxshi o‘yin namoyish qildik", – dedi Valverde UEFA matbuot xizmati orqali.

Bask klubi joriy musobaqada besh ochko to‘plab, turnir jadvalida 28-o‘rinni egallab turibdi. Luis Enrike boshchiligidagi "PSJ" esa 13 ochko bilan uchinchi pog‘onada joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Valverde PSJ bilan durang o‘yin haqida fikr bildirdi