Muhammad Saloh Liverpulning yangi yulduzidan norozi

Muhammad Saloh Liverpulning yangi yulduzidan norozi
Liverpul hujumchisi Muhammad Saloh klub boshqaruvining yangi futbolchi Florian Virtsga bo‘lgan munosabatidan norozi. Bild nashrining xabar berishicha, nemis futbolchisi Florian Virts jamoaning kelajagi sifatida tanilgan.

Ushbu holat Salohning jamoada o‘z o‘rnidan norozi bo‘lishiga olib kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, Salohning klubdagi mavqei pasaygan va u Liverpulni tark etishi mumkin.

U avval UEFA Chempionlar Ligasi doirasidagi Milanning Inter klubiga qarshi o‘yinda (1:0) jamoa tarkibidan chetlashtirilgan edi. Muhammad Salohning Liverpul bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Misrlik hujumchi 2017-yilning yozidan buyon Liverpul sharafini himoya qilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar