
Italiya milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Klaudio Markizio Antonio Konte bosh murabbiy sifatida ilk o‘yinida uni qanday qilib yuqori haroratda ham maydonga chiqishga majbur qilgani haqida so‘zlab berdi. "Ha, mening tana haroratim 38,5 daraja edi.
Biz Barida Gollandiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazayotgan edik. Bu Kontening terma jamoa murabbiyi sifatidagi birinchi o‘yini edi.
Men tana harorati balandligi sababli o‘zimni yomon his qilardim. Tanaffusda unga aytdim: 'Antonio, men kasalman.' Ammo u menga: 'Senga maydonda qolish kerak,' dedi.
Biz o‘rtoqlik uchrashuvida 2:0 hisobida oldinda edik va men buni ta’kidlagan edim. Ammo shunga qaramay, u meni yana 15-20 daqiqa o‘ynashga majbur qildi," - deya Markizioning so‘zlarini La Gazzetta dello Sport nashri keltirdi.
Ma’lumot uchun, Markizio 2009-yildan 2017-yilgacha Italiya milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.