
«Milan»ning sobiq funksioneri Ar'yedo Bryada fransiyalik darvozabon Mayk Menyanni saqlab qolish klub uchun juda muhim ekanini aytdi. "Menyan juda xarizmatik va maydonda ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda.
U doimo to‘p yaqinida bo‘ladi. Agar sizga sovrinlar kerak bo‘lsa, Menyan kabi darvozabon kerak.
Katta maqsadlari bor klub bunday futbolchilarni har qanday sharoitda saqlab qolishi kerak, marhum Silvio Berluskoni ham shunday deyishgan edi", – dedi Bryada Tuttosport nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Mayk Menyan 2021 yildan beri «Milan» sharafini himoya qilib keladi.
U 2022 yilda klub bilan birgalikda Italiya chempioni bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.