Ronaldu Ruy Patrisiuni faoliyatini yakunlashi bilan tabrikladi

Ronaldu Ruy Patrisiuni faoliyatini yakunlashi bilan tabrikladi

Ronaldu Ruy Patrisiuni faoliyatini yakunlashi bilan tabrikladi
40 yoshli saudiyalik "Al-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya darvozaboni Ruy Patrisiuning 37 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlash qaroriga munosabat bildirdi. "Ruy, barchasi uchun rahmat!

Ajoyib faoliyating bilan seni tabriklayman", deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda. Ruy Patrisiu Lissabonning "Sporting" klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

U futbolchilik faoliyatida "Roma", "Atalanta", "Vulverxempton" va "Al-Ayn" klublarida o‘ynagan. Portugaliya milliy terma jamoasi tarkibida Patrisiu 108 ta o‘yinda maydonga tushib, 89 ta gol o‘tkazib yuborgan.

U Evropa chempionati va Millatlar ligasi g‘olibi sanaladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar