date

Karim Benzema Saudiya klubini tark etishi mumkin


Fransiyalik yulduz hujumchi Karim Benzema Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubini kelasi yil yozida tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

37 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyida tugaydi, ammo u erkin agent maqomida klubni tark etishga tayyor ekani aytilmoqda. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, Karim Benzemaning hozirgi bozor qiymati 7 million yevroni tashkil etadi.

2025/2026 mavsumida fransiyalik markaziy hujumchi 6 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karim Benzema Saudiya klubini tark etishi mumkin