date

Manchester Siti Tino Livramento bilan qiziqishda davom etmoqda


Nyukaslning o‘ng qanot himoyachisi Tino Livramento yangi shartnoma bo‘yicha qaror qabul qilishni mavsum oxiriga qadar kechiktirishga qaror qildi. Bu haqda jurnalist Kreyg Xoup xabar bermoqda.

Manbalarga ko‘ra, futbolchi shartnomani uzaytirishda shoshilmayapti, chunki Manchester Siti unga jiddiy qiziqish bildirishda davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" Livramentoni joriy yil yozidan buyon kuzatib kelmoqda.

Ushbu mavsumda 23 yoshli ingliz futbolchisi barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Livramentoning Nyukasl bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning transfer bahosi 40 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Siti Tino Livramento bilan qiziqishda davom etmoqda