date

Emre Jan uch turk klubi e'tiborida


Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Emre Jan turk grand klublari orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Sportbild jurnalistlarining xabariga ko‘ra, 31 yoshli nemis futbolchisiga Istanbulning "Fenerbahche", "Beshiktosh" va "Galatasaray" jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Biroq futbolchining o‘zi kelajagini Dortmundda ko‘rayotganini ma'lum qilgan. "Arilar" rahbariyati Emre Janga bir yillik yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Amaldagi shartnoma muddati kelasi yozda yakunlanadi. Joriy mavsumda Germaniya chempionatida Emre Jan ikki o‘yinda ishtirok etib, 11 metrlik zarbadan bir gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Emre Jan uch turk klubi e'tiborida