date

Nissa Yevrokuboklarda Fransiya futboli antirekordini o‘rnatdi


Yevropa ligasidagi navbatdagi muvaffaqiyatsizlikni "Nissa" jamoasi boshidan kechirdi. Portugal klubi "Braga"ga qarshi bahsda mag‘lubiyatga uchragan "Nissa" bundan ikki hafta oldin boshqa bir portugal klubi "Portu"ga qarshi o‘yinda ham yirik hisobda – 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi.

Bu natijalar ortidan "Nissa" Yevropa turnirlarida ketma-ket 18 ta o‘yinda g‘alaba qozona olmagan. Ushbu seriya Fransiya futbolining antirekordiga aylandi.

Bu faqat "Nissa" klubi uchun emas, balki umuman Fransiyani xalqaro turnirlarda namoyish qilgan barcha klublar uchun eng uzun mag‘lubiyatlar seriyasidir. Shuningdek, "Nissa" joriy Fransiya chempionatida ham muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda va hozirgi paytda turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nissa Yevrokuboklarda Fransiya futboli antirekordini o‘rnatdi