
«Liverpul»ning sobiq yarimhimoyachisi va sardori Stiven Jerrard jamoaga qaytishga juda xohishli ekanligini bildirgan va agar Arne Slot ishdan bo‘shatilsa, jamoani vaqtincha boshqarishga tayyor. Bu haqda Football Insider nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati Jerrardni vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlash masalasini muhokama qilgan. Ammo bunday holatda, Jerrard Saudiya Arabistonining «Al Ittifoq» klubidagi faoliyati davrida olingan daromadlarining ko‘p qismidan voz kechishga majbur bo‘lishi mumkin. Bu masala soliq majburiyatlari bilan bog‘liq ekani ta’kidlanmoqda.
Shuningdek, vaziyat aprel oyigacha, ya’ni 2024–2025 soliq yili yakunlanishiga qadar davom etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Stiven Jerrard 2021–2022-yillarda «Aston Villa» bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Agar u «Liverpul»ga qaytsa, bu jamoa uchun yangi bir davr boshlanishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.