date

Sharl Lekler O‘zbekiston haqida: "Bu yer ajoyib va juda qiziqarli!"

Sharl Lekler O‘zbekiston haqida: "Bu yer ajoyib va juda qiziqarli!"

Formula-1ning mashhur piloti Sharl Lekler o‘z fikrlarini bildirib, 12 dekabr kuni Toshkentda o‘tgan FIA Awards taqdirlash marosimida ishtirok etdi. Lekler O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifidan hayratga tushganini aytib, bu yerdagi mayda detallarga beriladigan e’tiborni alohida ta’kidladi.

"Aql bovar qilmaydi! Bu yerda ko‘rganlarimning barchasi hayratlanarli. Men boshqa joylarda bunday diqqatga sazovorlikni ko‘rmaganman. O‘zbekistonning ajoyib va qiziqarli tarixi bor, bu yerga taklif etilish men uchun katta sharaf. O‘zbekiston haqida ko‘proq narsalarni bilishga harakat qilaman", — dedi Lekler.

Mavsum yakunida, Sharl 242 ochko bilan Formula-1 shaxsiy reytingining beshinchi o‘rnini egalladi. Uning sherigi, britaniyalik yetti karra chempion Lyuis Xemilton 156 ochko bilan oltinchi o‘rinni egalladi, "Maklaren" jamoasidan Lando Norris esa jahon chempioni bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sharl Lekler O‘zbekiston haqida: "Bu yer ajoyib va juda qiziqarli!"