Sofonov ikki gol o‘tkazgan bo‘lsa-da, PSJ g‘alabasini izohladi

PSJ darvozaboni Matvey Sofonov Fransiya Liga 1 16-turi doirasida «Mets» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi. Uchrashuv 3:2 hisobida parijliklar foydasiga yakunlandi.
Sofonov asosiy tarkibda maydonga tushib, ikki bor gol o‘tkazib yubordi. «O‘ynayotganimdan xursandman, ammo gol o‘tkazishni juda yoqtirmayman.
Oldinga yuramiz», — deb yozdi u o‘zining Telegram kanalida. Sofonov o‘yin keskin kechganini ta’kidladi va PSJ futbolchilari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanganida, bahs bu qadar tarang bo‘lmasligi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Ma’lumot uchun, Sofonov ketma-ket uchinchi uchrashuvda PSJning start tarkibida maydonga tushdi. «Mets»ga qarshi bahsdagi ilk gol o‘tkazib yuborilgunga qadar u qariyb 225 daqiqa davomida darvozasini daxlsiz saqlab kelgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Sofonov asosiy tarkibda maydonga tushib, ikki bor gol o‘tkazib yubordi. «O‘ynayotganimdan xursandman, ammo gol o‘tkazishni juda yoqtirmayman.

Izohlar 0
…