
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot hujumchi Muhammad Salohning Afrika Millatlar kubogidan so‘ng jamoaga qaytishi masalasiga munosabat bildirdi. Eslatib o‘tamiz, Saloh turnirda Misr terma jamoasi safida qatnashish uchun yo‘l oladi.
Avvalroq u musobaqadan keyin “Liverpul”ga qaytmasligi mumkinligi haqida ogohlantiruvchi bayonotlar bergandi. “U bu yerda bo‘lganida, u ‘Liverpul’ futbolchisi.
Zarurat tug‘ilsa, undan foydalanishni istayman. Bugun maydonga tushganida esa har bir muxlis ko‘rishni xohlagan tarzda o‘ynadi”, — deya Slotning so‘zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Saloh uch uchrashuv ketma-ket zaxirada qolgani, ulardan ikkisida umuman maydonga tushmagani ortidan Slotni tanqid qilgan. Shundan so‘ng murabbiy hujumchini Chempionlar ligasida “Inter”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmagan.
Keyinroq murabbiy va futbolchi o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tgan va Saloh Angliya Premer-ligasida “Brayton”ga qarshi bellashuv qaydnomasiga qaytarilgan. U 26-daqiqada maydonga tushib, golli uzatma bilan ajralib turdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.